Gibberellinlar

Gibberellinlar – o’simliklarning o’sish jarayonlarini boshqaruvchi tabiiy moddalar (fitogor- monlar guruhi). Yapon olimi E. Kurosava 1926 y.da kashf etgan. Kimyoviy tabiati- ga ko’ra tarkibida 19 yoki 20 ta uglerod atomi tutgan tetrasiklik mono-, Di – va tri-karbon kislotalardir. 70 ga yaqin g. ma’lum. Ular GA, GA va sh.k. belgilana- Di. G. oz miqsorda yuksak o’simliklar tar- kibida ko’p tarqalgan. G. ni zamburug’lar, ko’pgina bakteriyalar, suvo’tlar ham sintez qiladi. Odatda, o’simlik to’qimalarida uning 1 kg og’irligiga nisbatan 0,01 dan 1,4 mg gacha g. bo’ladi. Eng faol g.dan biri – gibberellin kis- lota bir necha mamlakatlarda mikro- biologiya sanoatida ishlab chiqariladi. G. hujayralarning bo’linishi va ken- gayishi hisobiga o’simlik organlari o’sishini tezlashtiradi, nuklein kislo- talar va oqsillar sintezini faollash- tiradi, gullashni tezlashtiradi, barg va mevalarning qarishini sekinlashtira- Di. Urug’lik, tuganaklar, piyozchalarning tinim davrini qisqartiradi. K-Xda urug’siz uzum navlari hosildorligini, zig’ir va kanop tolasi uzunligini oshi- rish, urug, tuganak va ildizpoyalar unib chiqishini tezlashtirish maqsadlarida qo’llaniladi. Mac, uzumning qora kish- mish naviga guldan tushgandan keyin, g’o’ralari moshdek bo’lganda 50-100 mg/l kontsentrasiyali g. eritmasi b-n ishlov berilganda (uzum boshi erit- maga botirib olinadi yoki tokzorlarga purkaladi) hosildorlik 25-50% or- tadi. Odam va hayvonlar uchun zararsiz. Abdukarim Zikiryoev.