GIPERRALIZM

GIPERRALIZM (giper… va re- alizm), fotorealizm — Amerika va Fapbiy Evropa rassomlik san’atida 20-a.ning 60-y.lari oxirida shakllan- gan oqim. G. badiiy uslubdagi (abstrak- tsionizm rad etgan) hayotiy aniqlikni tiklashga intildi. Bunda fotosurat yoki kinokadr asosida yasama obrazlar yaratish va h.k.dan foydalanildi. G. namoyanda- lari (AQSh da Ch. Klouz, D. Perrish, D. Xanson, D. Eddi, Kanadada A. Kolvill va b.) rassom uslubini deyarli yo’qqa chiqaruvchi texnik usullarni qo’llaydi. Voqelikni hissiz, narsa va voqealarni mexanik ko’chirmasini yaratish o’z navba- tida voqelikni g’ayritabiiy tarzda bu- zib ko’rsatishga olib keldi.