YORLIQ
YORLIQ — 1) turk-mo’g’ul xonlari e’lon qilgan yozma xujjatlar. Diplomatik notalar va davlatlararo bitimlar matni xam xon Yorlig’i jumlasiga kirgan. Biroq ko’pincha bu Yorliq Oltin O’rda, Qozon va Qrim xonlari tomonidan o’zlariga tobe turli amaldorlarga, diniy arboblarga berilgan shaxsiy daxlsizlik haqidagi imtiyozli hujjat sanalgan. Yorliq rus knyazlarini o’z yerlarida hukmron bo’lishlarini tasdiqlagan. Rus mitropolitlari xonlarni duo qilganlari tufayli, bu Yorliq bo’yicha rus cherkovi O’rda ma’muriyatiga tobelikdan, o’zlariga qarashli yerlardan olinadigan soliqlardan, turli majburiyatlarni o’tashdan xalos etilgan. Yorliq Oltin O’rdaning hududiy bo’linishi, unga tobe yerlar, ularning ma’muriy tuzilishi, yer egaligi va boshqalar haqida muhim tarixiy manba sanaladi; 2) amirlar va ruxrniylarga biron imtiyoz berilishi qaqida podsho, xon muhri bosilgan rasmiy hujjat (masalan, ishonch yorlig’i); 3) tovarning ustiga qo’yilgan va uning xili, o’lchami, mikdrri, bahosi va shu kabilarni ko’rsatadigan belgi; 4) rasmiy hujjat (masalan, faxriy yorliq).