YORUG’LIK ABERRASIYASI
YORUG’LIK ABERRASIYASI astronomik hodisa; yorug’lik tezligining chekliligi va kuzatuvchining yoritqichga nisbatan yer bilan birga harakatlanishi tufayli osmon jismlaridan kelayotgan yorug’lik nuri yo’nalishining o’zgarishi. Kuzatuvchidan yoritqichga xayolan o’tkazilgan urinma va haqiqiy yo’nalishlar orasidagi burchak aberrasion burchak a deyiladi. Yoritqichdan kelayotgan nur ob’yektiv o ga tushib, s tezlikda okulyar T ga kelgunicha t vaqtda G’masofani o’tadi. Shu vaqtda yer o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi sababli, kuzatuvchi teleskop bilan birga v tezlikda harakatlanib, D/ masofani o’tadi. Tasvirni okulyar markazida ko’rish uchun teleskopii harakat yo’nalishi (Apeks) tomonga (a burchakka) burish kerak. Shaklda aberraion burchak o=(206 264,8″ ^g )sin6. Yorug’lik aberrasiyasi sutkalik, yillik va asriy xillarga bo’linadi. Sutkalik Yorug’lik aberrasiyasi Yerning o’z o’qi atrofida harakatlanishidan sodir bo’ladi. Yillik Yorug’lik aberrasiyasi Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi natijasidir. Asriy Yorug’lik aberrasiyasi Quyosh sistemasining fazoda harakatlanishidan kelib chiqadi.