YORUG’LIK TEZLIGI

YORUG’LIK TEZLIGI elektromagnit (jumladan, yorug’lik) to’lqinlarining tarqalish tezligi; fizikaning asosiy doimiylaridan biri; har qanday fizik ta’sirlarning eng yuqori chegaraviy tarqalish tezligi; eng aniq qiymati s=299 792 458 ± 1,2 m/s (1980). Yorug’lik tezligi moddiy jismlarning to’liq energiyasini ularning massasi bilan bog’laydi: E=Ts2. Yorug’likning muhitdagi tezligi s’ muhitlarning sindirish ko’rsatkichi p bilan bog’langan bo’lib, har doim s dan kichik bo’ladi. Yorug’lik tezligini bevosita va bilvosita aniqlash mumkin. Yorug’lik tezligini dastlab 1676 yilda daniyalik astronom O. K. Ryomer aniqladi. U Yupiter sayyorasi yo’ldoshlarining tutilishlari orasidagi vaqt o’zgarishiga qarab s=300 870 ± 2 700 km/s ga teng ekanligini topdi. So’ngra (1728 yilda) ingliz astronomi J. Bradley yulduzlarning yorug’lik aberrasiyalarini kuzatib Yorug’lik tezligini aniqladi. Erda Yorug’lik tezligining qiymatini birinchi bo’lib 1849 yilda frantsuz fizigi A. I. L. Fizo tishli g’ildiraklarning aylanishi natijasida hosil bo’lgan yorug’lik nurining aniq masofaga borib qaytish vaqtini o’lchash usuli orqali topdi. U olgan natija: 313 300 km/s. Keyingi qadamni 1862 yilda frantsuz fizigi J. B. L. Fuko qo’ydi. U yurtdoshi D. Arago tomonidan 1838 yilda taklif qilingan aylana ko’zgu usulidan foydalangan holda tajriba o’tkazib, s = 298 000 ± 500 km/s ekanligini anikladi. Fuko yorug’likning suvdagi tezligi havodagi tezligidan kamligini ko’rsatdi. Fizo va Fuko usuliga moslashgan tajribalar keyinroq ko’p marta har xil o’zgarishlar kiritilgan holda boshqa olimlar tomonidan ham o’tkazilgan. Bular orasida amerikalik fizik A. Maykelson o’zining aylanma prizma usulida Fizoning tishli g’ildirak va Fukoning aylanma ko’zgu usullaridagi kamchiliklarni bartaraf qilib Yorug’lik tezligining «yangi» qiymatini topdi. Bu usul natijasi: s— 299 890 ± 60 km/s. Havoning bir jinsli emasligi Yorug’lik tezligini aniqroq o’lchashga ta’sir qiladi. Maykelson havosiz trubadan foydalanadi va s=299 796 ± 4 km/s natijani oladi (1926). Yorug’lik tezligining bu qiymati o’sha vaqtda eng to’g’risi bo’lib, u fizik kattaliklarning xalqaro jadvaliga kiritilgan. 19 asrda Yorug’lik tezligini o’lchash fizikada katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, yana bir marta yorug’likning to’lqinlar nazariyasini tasdiqladi, optikaning elektromagnetizm nazariyasi bilan bog’liqligini bilish hamda J. K. Maksvell tomonidan 1864-73 yillarda yorug’likning elektromagnetizm nazariyasini yaratishda katta tayanch bo’ldi. Bilvosita usullar quyidagilar: barcha yulduzlar osmon gumbazida ellips (sfera) bo’ylab harakatlanadi; ularning qisqa o’qlari yerdan DF = 20,47″ burchak ostida ko’rinadi. Bu yorug’lik aberrasiyasi tufayli, ya’ni yerning Quyosh atrofida g)=29,8 km/s tezlik bilan harakatlanishidan hosil bo’ladi. Yerdan yulduzlarni kuzatish uchun teleskop trubasini yer harakati tomonga og’dirish kerak. U vaqtda og’ish burchagi tangensi teng=?. Bu usul natijasi: s ==299 640 ± 750 km/s. Elektr zaryadi va elektrostatik o’lchash birliklari nisbatidan iborat elektrodinamik doimiyni aniqlash (nemis fiziklari R. Kolraush va V. Veber; 1856), yorug’likning chastota va to’lqin uzunligi ma’lum bo’lganda Yorug’lik tezligini aniqlash usullari ham bor. Hozirgi vaqtda Yorug’lik tezligini o’lchash Fizo usullarining zamonaviylashtirilgan usullarini, yorug’lik modulyasiyasini qo’llash orqali amalga oshiriladi. Lazer nurlaridan va chastotasi barqarorlashtirilgan ultratovush modulyatoridan foydalanish usuli orqali o’lchangan Yorug’lik tezligining aniqlik darajasi anchagina yuqori bo’lib, olingan natija s= 299 792,5 ±0,15 km/s ni tashkil qiladi. 1972 yilda amerikalik olim K. Ivenson o’z xodimlari bilan birga tseziy chastota standarti orqali aniqroq natija olgan: s= 299 792 456,2 ± 0,2 m/s. Xalqaro fan va texnika soniy ma’lumotlar qo’mitasi bosh Assambleyasining 1973 yildagi qaroriga binoan vakuumdagi Yorug’lik tezligining qiymati s = 299 792 458 ± 1,2 m/s deb qabul qilingan.