O’zak

O’zak, asos — so’zning asl ma’nosini bildirib, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan, mustaqil holda leksik ma’no bildiradigan eng kichik qism. So’zga turlicha affikslar qo’shilib kelganda ham, O’zakning ma’nosi yo’qolmaydi, undan yasalgan so’zlarning ma’nosi ana shu ma’no bilan bog’langan bo’ladi. Masalan, bilimdonlik so’zi lik affiksi orqali bilimdon so’zidan yasalgan; bilimdon so’zi bilim so’ziga don affiksini qo’shish bilan yasalgan, bilim so’zi bil so’ziga im affiksini qo’shish bilan yasalgan. Bil so’zi esa O’zak so’z bo’lib, bilim, bilimdon, bilimdonlik so’zlarining yasalishi uchun asos bo’lgan.