O’zan

O’zan — daryo vodiysining eng past, suv oqadigan, hatto suv qaytish davrida ham oqim bo’ladigan qismi. Katta daryolar O’zanning eni bir necha kilometrga yetishi mumkin. Tog’larda O’zan ko’pincha to’g’ri, qirg’oqlari tik bo’ladi, tekisliklarda esa ilon izi, ayrim joylari sayoz bo’lib, suvning yuvishi, cho’kindilar yotqizilishi natijasida shakli (masalan, O’zbekistonda Sirdaryo va Amudaryo daryolari O’zan) o’zgarib turadi. Qurg’oqchil o’lkalarda yilning ko’p qismida qurib yotadigan mavsumiy O’zanlar ham bo’ladi.