O’ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI

O’ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI (O’zBA) — O’zbekiston tasvi-riy va amaliy san’atining yirik arboblarini birlashtiruvchi hamda madaniyat, me’morlik, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, dizayn, muzeyshunos, ilmiy, ijodiy, ta’lim tizimiga ega yosh mutaxassislar tayyorlashga ilmiy metodik rahbarlik qiluvchi oliy ilmiy metodik tashkilot; O’zbekiston badiiy hayotining markazi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston badiiy akademiyasini tashkil qilish to’g’risida»gi 1997 yil 23 yanvar farmoniga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 mart qaroriga binoan, 1997 yilda Toshkent shahrida tashkil qilingan. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tarkibida 37 akademik (faxriy a’zolari bilan) bor. Raisi — T.K.Duziyev (1997 yildan). Oliy organi — boshqaruv kengashi; majlislar oralig’ida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi faoliyatiga rais boshchiligidagi boshqaruv rahbarlik qiladi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasida xalqaro aloqalar, axborot va marketing, ta’lim, metodika va ijodkor yoshlar bilan ishlash, Moliya-iqtisod va moddiy texnik ta’minot, Markaziy Hisobxona, ijodiy bo’limlar boshqarmalari mavjud. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi milliy va badiiy kadrlarni tayyorlashda muhim rol o’ynaydi; uning faoliyati tasviriy va amaliy san’at ustalariga g’amxo’rlik qilish, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, yosh iste’dodlarni kashf qilish, ko’rgazmalar uyushtirish, milliy an’analarni rivojlantirish, badiiylik asosida yuksak ma’naviy tarbiya berishga yo’naltirilgan. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi badiiy ta’lim tizimida san’atshunoslik instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika rassomlik kolleji, Respublika tasviriy va amaliy san’at liseyinternati, A. Xo’jayev nomidagi Respublika dizayn kolleji, Toshkent shahri, respublika viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tasviriy va amaliy san’at akademik liseylari va kollejlari, ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriyalar bor. Akademiya tarkibida O’zbekiston badiiy akademiyasi Markaziy ko’rgazma zali, «Xamar» xalqaro aloqalar markazi, badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi, zamonaviy san’at markazi, Toshkent fotografiya uyi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi maxsus fondi, O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, «Oqtosh» O’zbekiston rassomlari ijod uyi, Kamoliddin Behzod memorial majmui (bog’ va muzey bilan birga), xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Toshkent xalqaro biennale direktsiyasi (2001 yildan har 2 yilda o’tkaziladi — 2001, 2003, 2005), Toshkent xalqaro bolalar rasmlari biennale direktsiyasi (har 2 yilda), Toshkent xalqaro fototanlovi direktsiyasi (2002 yildan har yili) kabi tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi «San’at» jurnali, «O’zbekiston Badiiy akademiyasi» bukletrejasi (T., 2004), «Markaziy Osiyo numizmatikasi» (1-4 sonlari, 199699; 56 sonlari, 2001-02), «Toxariston ekspeditsiyasi materiallari» (1-4 sonlari, 2000-03), «Baqtriya o’zbek-yapon arxeologiya ekspedisiyasi materiallari» (1-5 sonlari, 1997— 2001) kabilarni nashr etadi. O’zbekiston Respublikasi tasviriy va amaliy san’atining taraqqiyot darajasini ko’rsatishda ko’rgazmalar muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi O’zbekiston hukumati qaroriga binoan uyushtiriladigan muhim xalqaro ko’rgazmalarning loyiha va tadbirlarini ilmiy ishlab chiqish va badiiy bezash ishlarini amalga oshiraDi. Jumladan, YUNESKOning Parijdagi shtabkvartirasida «Buyuk ipak yo’li» shaharlari — Buxoro, Xivaning 2500 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazmalarda qatnashdi; O’zbekiston Badiiy Akademiyasi yetakchi olimlari «Buyuk ipak yo’li shaharlari» («Buxoro — Sharq durdonasi», «Xiva — ming gumbazlar shahri», «Termiz — Buyuk ipak yo’li kesishgan erdagi qadimiy va navqiron shahar» va boshqalar) hamda buyuk fan va davlat arboblari (Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Termiziy, Al-Farg’oniy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur, Kamoliddin Behzod va boshqalar) ga bag’ishlangan kitob, kitob-albomlarni nashr etishga katta hissa qo’shdi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Gollandiya, Gretsiya, Frantsiya, Shvetsiya, Koreya Respublikasi, Suriya, Yaponiya va boshqalar mamlakatlarning Badiiy akademiyalari bilan hamkorlik qiladi; Germaniyada chop etiladigan «U08TOK» jurnalida O’zbekiston, uning badiiy merosi, zamonaviy tasviriy va amaliy san’ati haqida materiallar yoritiladi. Milliy va jahon san’ati, madaniyatiga hissa qo’shganlar, ko’p yillik ijodiy faoliyati, ilmiy asarlari, tadqiqotlari uchun Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan bir qatorda O’zbekiston ba mukofotlari —Oltin va kumush medallar bilan taqairlanadi. Ad.: O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, T., 2004. Tursunali Qo’ziyev.