Abu Bakr Varroq
Abu Bakr Varroq – Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Varroq Termiziy (?-907, Termiz, Siyohjird qishlog’i) faqih. Balx shahrida tug’ilgan. Islomdan tashqari yahudiylik va nasroniylik dinlaridan ham mukammal bilimga ega bo’lgan. Ilohiyotga doir o’nga yaqin asar, jumladan, “Kitob al-ixlos” (“Ixlos kitobi”), “Kitob al-xuruf”, “Kitob al-ajab” (“Ajoyibotlar kitobi”) “Kitobi xadikat al-botin” va boshqalar muallifi. Mahmud ibn Valining yozishicha, Termizdagi Mashohid degan joyda dafn etilgan.