Buxoroning ko’pchilik bilmagan hukumdorlari

1540-yilda Ubaydullaxon I vafotidan so’ng Shayboniylar davlatida taxt uchun kurash avj oladi. shunday vaziyatda bir nechta mustaqil davlatlar tashkil topdi:

  1. Buxoroda Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon
  2. Samarqandda Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon
  3. Toshkent va Turkiston shaharlarida Navro’z Ahmad Baroqxon
  4. Karmana va Miyinqolda Abdullaxonning otasi Iskandarxon
  5. Balxda Abdullaxonning amakisi Pirmuhammadxon
  6. 6. Nasaf viloyatida Abdullaxonning amakivachchasi Qilich Qora sulton
  7. Hisor va Badahshonda Ubaydullaxonning nevarasi Burhon Sulton

Abdulazizxon 1550-yil vafot etdi. Lekin uning o’rniga xon bo’lgan Muhammadiyor sulton(Shayboniyxonning nabirasi,Suyunch Muhammad Sultonning o’g’li) hokimiyatni o’z qo’lida tutib qola olmadi. Shu yiliyoq Buxoroni Pirmuhammad(Balx hokimi) bosib oladi. Ammo uning ham hukumronligi 1 yilga yaqin bo’lib, 1551-yili Toshkent xoni Baroqxon va Samarqand Xoni Abdulatifxon birgalikda Buxoroga yurish qildi. Iskandar Sulton Karmanani tashlab, Amudaryodan naridagi Andxo’y va Shibirg’onga o’tib ketadi. Pirmuhammadxon esa Buxoroni Muhammadiyorga qoldirib, Balxga qaytadi. Shu yildan boshlab, 3 yil Buxoroni bir yo’la 2 Shayboniy shahzoda :

  1. Biz aytib o’tgan Muhammadiyor
  2. Ubaydullaxonning nabirasi, Muhammad Rahim sultonning o’g’li Hisor va Badaxshon hokimi bo’lgan Burhon sulton birga boshqara boshladi. Ammo har jihatdan noqulay bu tizim hayoti qisqaligi aniq edi.

3 yil o’tgach, ikki hukumdor o’ratasidagi pinhona husumat oxir-oqibat Burhon sulton foydasiga hal bo’ldi. Shu davr mobaynida uning tarafdorlari oshib, Muhammadiyorga qarshi qayrashadi. Natijada, Burhon sulton bir guruh tarafdorlari bilan Buxoro Arkiga qilich yalang’ochlab kiradi va Muhammadiyorni qatl etadi. U yakka hukumdor bo’lsada, hokimyatni asrab qolish oson bo’lmaydi. Buxoro taxtini da’vo qilgan Sayyid Sulton, Navro’z Ahmad Baroqxon,Abdullaxonlar hujumiga uchraydi. Sayyid Sulton va Navro’z Ahmadxonlar hujum qilib,Buxoroni qamal qilganida, u Abdullaxondan yordam so’raydi va evaziga Buxoroni berishni va’da qiladi. Natijada, Abdullaxon Buxoro sari ot suradi. 1555-yil iyunida qamaldan xalos bo’lgan Burhon Sulton barcha yuqori tabaqa ko’z o’ngida Shahri Islom mavzesida shahar kalitlarini Abdullaxonga topshiradi. O’zi esa Qorako’l tomonga yuzlanib,shu yerda 15 kun to’xtadi va kutilmaganda xoinlik yo’liga o’tadi hamda Buxoroga yurish qiladi. Abdullaxon Romitan qal’asiga yashirinadi va shaharni qattiq himoya qiladi. Ikki o’rtadagi kurash hech kimga naf keltirmagach,Abdullaxon Maymanaga yo’l oladi. Burhon Sulton esa Buxoroda qoladi. U Buxoroda hukumdor bo’lgan vaqtda o’ziga moyil qatlam vujudga keltira olmadi. Hatto Xoja Islom Jo’yboriy(1493-1563) ham unga tarafdor bo’lmagan. Bir marta xafa bo’lib, Xorazmga ketib qolganda, qilgan ishidan pushaymonligini aytib,qaytib olib kelgan. Shuningdek, u davlat ishlaridan ko’ra, o’zining farovon hayoti va kayfu-safoga e’tibor qilgan. Uning hukumronlik davri Buxoroda tartibsizlik va boshboshdoqlik davri sifatida tarixda qoldi.U haqida Muhammadiyor Arab Qatag’on shunday yozadi:

«Burhon Sulton a’yonlarining ko’pi qizil oyoq(maishatboz odamlar) va Rumiy(Usmonlilar davlatidan kelgan harbiylar hamda bebok, Javhariy toifasi(may ichuvchilar) bo’lib, uning xizmatida turishar va har-xil fisq-u fasod chiqarishar edi. Ko’p yillar davomida dindor sultonlar va maqtovkirdor xoqonlar qo’li ostida farovon yashagan Buxoro ahli bu ishlarni ko’rib, iztirobda qoladilar va Burhon Sulton oftobi so’nishini Allohdan iltijo qildilar»

Mana shunday voqealar uni taxtda uzoq tura olmasligini belgilab beradi. Shunday vaqtda, Buxoro xonligi tarixida buyuk hukumdor sifatida tarixda qoluvchi Abdullaxon II siyosat maydoniga kelgan edi. Bunday holatda va butun davlatdagi siyosiy jarayonlar uning taxtga kelishidan dalolat berar edi. U 1557-yilda Buxoro taxtini egallash va mamlakatni birlashtirish uchun kurash boshlaydi. Bilganimizdek uni Xoja Islom Jo’ybiriy qo’llab-quvvatlaydi. Shu yilning yozida Buxoro shahri qamal qilinadi. Bu Burhon sulton uchun hayot-mamot jangi edi.Qamal og’irlashavergach, Burhon sulton oraga Xo’ja Islomni qo’shishga va u orqali sulh tuzishga urunadi. Xo’ja Islom uni yoqtirmasada Xalq osoyoshtaligi va yurt tinchligi uchun bunga rozi bo’ladi va unga deydi:

«Musulmonlar osoyoshtaligi uchun oralaringda sulh tuzmoqchimiz. Sulhni qabul qilmasang,Xo’ja Bahouddin Naqshband pirlariga giriftor bo’lasan»

Ul zot shunday deb Burhon sultonning bo’yniga ko’rsatgich bayrog’ini nayzadek qoyadi va Buxoroning Mozor darvozasidan chiqib, Abdullaxon huzuriga kelib,uni sulh tuzishga ko’ndiradi. Ammo shu saharning o’zidayoq shahardan Burhon Sultonning o’ldirilganligi haqida xabar keladi. Xoja Islom Abdullaxon yoniga kelib,uni sulh uchun ko’ndirayotgan mahalda, qushchi urug’idan bo’lgan Mirzabiy degan odam Burhon Sultonni turli yo’llar bilan aldab, uyiga kelishga ko’bdiradi hamda uni uyida halok etadi. Shu tariqa,so’nggi Ubaydullaxoniy shahzoda halok bo’lib,uning silsilasi shu yerda uziladi. Shunday qilib, 1557-yilda Abdullaxon II Buxoroni 2- va so’nngi bor egallab oladi va Buxoro tarixidagi yangi davrni boshlab boradi. Shunibgdek,Buxoroda qo’sh hokimiyatchilikdan so’ng yuzaga kelgan boshbishdoqlik davriga yakun yasaydi.

Fikr bildirish