Chopiq qilinadigan ekinlar nimani anglatishini bilasizmi
Chopiq qilinadigan ekinlar nimani anglatishini bilasizmi – o’sishi va hosil berish uchun katta oziq maydonni, namlik va qator oralariga ishlov berish (tuproqni yumshatish), zararkundandalar, begona o’tlar va kasalliklarga qarshi kurashni talab etadigan ekinlar. Texnika ekinlari – g’o’za, tamaki, kanop, qand lavlagi: don ekinlari – jo’xori, marjumak, makkajo’xori; moyli ekinlar – kungaboqar; sabzavot ekinlari – kartoshka, ozuqabop ildizmevalar, poliz ekinlari (qovun, tarvuz, bodring va boshqalar) chopiq qilinadi.


