O’LIKXONA
O’LIKXONA, morg (Fransuzcha) — Murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va ko’mish uchun beriladigan maxsus bino. O’likxona, asosan, sud tibbiyoti ekspertizasi qoshida bo’ladi, kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqalarda murda patologik anatomiya bo’limlarida saqlanadi. O’likxonaga baxtsiz hodisa tufayli o’lgan, qasddan o’ldirilgan yoki shunga gumon qilingan murdalar; davo muassasalarida diagnoz qo’yilmay o’lganlar; to’satdan o’lib, o’lim sababi aniqlanmaganlar, shuningdek, noma’lum kishilarning murdasi keltiriladi.