O’LCHAMSIZ KATTALIKLAR

O’LCHAMSIZ KATTALIKLAR — ikkita bir xil kattaliklarning nisbati. Ikki kattalikni qiyoslash uchun ishlatiladi. Masalan, f. i. k. (foydali ish koeffisienti) biron bir tizim (masalan, mashina, sistema) o’zi sarf etgan energiyaning qanday qismini foydali ishga yoki energiyaga aylantira olishini, muhitning sindirish ko’rsatkichi esa yorug’lik nurining shu muhitda vakuumdagi harakatiga nisbatan necha marta kichik tezlik bilan harakat etishini ko’rsatadi va hokazolar. Ishqalanish koeffitsienti, nisbiy uzayish, nisbiy namlik, Reynolds soni, yorug’likni qaytarish, o’tkazish va yutish koeffitsientlari va boshqalar ba’zi kattaliklar O’lchamsiz kattaliklar jumlasiga kiradi.