O’NLI KASR

O’NLI KASR — mahraji 10 ning natural darajalaridan iborat kasr. O’nli kasrlar va ular ustida amallar to’g’risida G’iyosiddin Koshiyning 1427 yilda yozilgan arifmetika («Muftoh ulhisob») asarida birinchi marta bayon qilingan.