O’NHAYOT

O’NHAYOT — Namangan viloyati Uychi tumanidagi shaharcha. 1989 yil 30 oktyabrda tashkil qilingan. Aholisi 14 ming kishi (2005). Shaharchada «Ipakchi» aktsiyadorlik jamiyati, sanoat, savdo korxonalari, xususiy do’konlar, g’isht zavodi, kichik korxonalar, xususiy firmalar faoliyat ko’rsatadi. 3 umumiy ta’lim maktabi (3,5 ming o’quvchi), sport maktabi, stadion, kutub- xona, madaniyat saroyi, «Ovchibuloq» ziyoratgohi bor. Kdshloq vrachlik ambulatoriyasi, xususiy shifoxona aholiga xizmat ko’rsatadi. O’nhayot yonidan Namangan — Uchqo’rg’on avtomagistrali o’tadi. Mashad mozor masjidi, O’rta masjid me’moriy yodgorliklari saqlangan.