DAGIR
DAGIR (forscha) — abr naqshli yarim ipak gazlama. Dagir ikki tepkili qo’l do’konda to’qiladi. Tanda iplari abr-bandi usulida maydagullar bilan naqshlanadi, arqog’iga qora ip qo’shiladi. Dagirdan chopon va boshqa kiyimlar, ko’rpa-ko’rpachalar tayyorlanadi. Turli joylarda turlicha — sholarqoq, olchinbar, poshshoyi va boshqa nomlar bilan ataladi. Dagir 20-asrning 60-yillarigacha Farg’ona vodiysida ishlab chiqarilgan.