Omiyona nima?
Omiyona yoki omiyona rasmlar qadim zamonlarda ancha-muncha ommaviy bo’lgan. Moskvada vujudga kelgandi ular. Sayoq savdogarlar ularni belqutilarda — bu idish hozirgi ryukzaklarga bir oz o’xshab ketsa-da, faqat daraxt pastki qismi bo’lmish lifdan yasalar edi. Ular bu suvratlarni jo’ka taxtachalaridan nusxa ko’chirishlar, jo’ka esa qadimda lif deb atalguchi edi. Mazkur rasmlarni quyidagi tartibda tayyorlashgan: dastlab taxtachaning tep-tekis yuzasiga qandaydir suvrat chiziladi. So’ngra maxsus kandakorlik pichog’i bilan botiqlashtirilgan, ya’ni oq — nusxa tushmasdan qolishi kerak bo’lgan joylarni o’yishgan. Faqatgina suvrat tarhlari-konturlari, har xil shtrixlar o’yilmasdan qoldirilgan. Ular taxta ustida ko’tarilib turar va yuzadagi pastak roshchalardek edilar, shu yo’sin suvrat qog’ozga ko’chib o’tar edi. Omiyona rasmlar, garchi boshda arzon bo’lmasa hamki, ularga talab katta edi. Badavlatlar o’lardan o’ntalab sotib olishar va hattoki ular uchun alohida maxsus xona ajratib, xosxona devorlarga xuddi suvratlar galereyasiga o’xshatib omiyonalarni osib qo’yishar edi. Omiyonalarda qisqa yoxud uzun bitiklar yoki butun boshli, ko’p hollarda quvnoq matnlar kattaroq bo’lishi muqarrar edi. Matnlar bolalarga ham, kattalarga ham mo’ljallangan. Omiyonalarda dunyodagi hamma narsa: turli-tuman mamlakatlar va buyuk janglar, dehqonlar turmushi va dongdor shaxslar, katta shaharlar va antiqa hayvonlar tasvirlangan. Omiyona alifbolar, omiyona taqvimlar, ertaklar, qo’shihlar to’plamlari bo’lgan. Hatto butun boshli ertaklar va maroqli qissalar uncha katta bo’lmagan ketma-ket joylashgan rasmlarda qayta hikoya qilib va tasvirlab berilar edi. Bora-bora badavlat odamlar omiyonalarni kamdan-kam sotib ola boshladilar, keyin esa umuman xarid qilmay qo’yishdi, chunki endilikda ko’plab kitoblar, jurnallar va gazetalar chop etilayotgandi-da. Dehqonlar esa tag’in ancha vaqt o’z kulbalarini omiyonalar bilan bezab turishdi.