Ipak matbaachiligi nima?

Yevropa mamlakatlarining aksariyatida «silkografiya» tarzida qo’llanadigan ipak matbaachiligi — bu, ipak gazlama vositasida chop etish ekanligini anglab olish uncha qiyin ish emas. Ipak qatimlar to’qimasi orqali sizib o’tadigan bo’yoq rasmni hosil qiladi. Mohiyatan ipak matbaachiligi bu, trafaret bosmaning bir ko’rinishi. Ramkaga yupqa ipak mato qoplanadi va unga rasm tushiriladi. Aytgandek, bo’yoq sizib o’tmasligi kerak bo’lgan joylar lok bilan qoplanadi. Ipak matbaachiligi usuli bilan matolarga gul solinadi (bo’yinbog’lar, qiyiq ro’mollar, dastro’mollar), etiketkalar, qutilarni va hokazolarni bo’yashadi.