Psalom nima?
Qadimgi rus gimnografiyasida diniy na’tlar kuylash tariqasida muhim mavqelardan birini uning ko’hna janri — Psalom egallaydi. Psalomning vujudga kelishi Tavrot va Injilda, shuningdek Qur’oni Karimda tavsiflangan podshoh — Dovud alayhissalom vahiy etilgan falsafiy va axloqiy g’oyalar bilan sug’orilgan lirik munojotlar turkumini yaratgan ulug shoirning nomi bilan bog’lanadi. Psalomlar 150 munojatdan tashkil topgan kitob — Psaltir («Zabur») da jamlangan edi. O’rta asrlar Rusida uning madaniy ahamiyati beqiyos bo’lgan. Psaltir asosida bolalarga o’qish o’rgatiladigan birinchi kitob edi. Askarlar Psalom kuylagancha jangga kirishar, hatto eng ixcham kalisoviy ibodat ham Psalom kuylashni o’z ichiga olgandi. Ayrim psalomlar to’ligicha yoxud sho’’ba-sho’’ba ijro etilgan. Mazmuniga ko’ra tanlab olingan psalomlar guruhi o’ziga xos turkumlar — kafizmni tashkil etgan. Psalomlarda nihoyatda yorqin va ta’sirchan she’rlardan kalisoning boshqa munojotlaridan ham foydalanishgan. XIX asr oxirlirada psalomlar asosida alohida janr — diniy kontsert yaratilgan edi. Uning mualliflari orasida XIX —XX asrlarning yirik bastakorlari — P. Chaykovskiy, I. Stravinskiy, S. Raxmaninovlar bor.