Gimn nima?

O’zbekistonda ona tilimizga davlat maqomi berilganidan keyin madhiya deb yuritilayotgan «gimn» — bu, tantanavor qo’shiq. Davlat, diniy, harbiy madhiyalar bo’ladi, ularni qandaydir ahamiyatli voqealar sharafiga bastalaydilar. Madhiya va gimn singari muvoziy qo’llayotgan atamalarimiz arabcha va yunonchadan olingan. Qadim-qadim zamonlarda ilohlar va bahodirlarni madh etuvchi qo’shiqlar xuddi shunday atalardi. Asrlar kechar ekan, madhiya qo’shiqlar ham o’zgardi. Ezgu va yuksak g’oyalarni madh etish va abadiylashtirish ularning asosiy mazmuniga aylandi. Bir talay kompozitorlar bu jabhada ham boshqalarga o’rnak bo’lishgan. Mustaqil asarlar ham, yirik asarlar ham — opera yoki baletning qismlari ham gimn tarzida qabul qilinadi. Albatta, Glinkaning «Ivan Susanin» operasidan va Gliyerning «mis chavandoz» baletidan «ulug ‘shaharga madhiya» (Peterburgga) lar hammaga tanish. Betxovenning Shiller qalamiga mansub «quvonch sari» bag’ishlovi matni asosida bastalangan to’qqizinchi simfoniyasining yakunlovchi xori ham gimn sifatida yaratilgandi. Insonlar birodarligini madh etuvchi bu xor, shubhasiz, dunyodagi eng mashhur gimnlardan biridir. Davlat madhiyasi — bu, gerb va bayroq qavatttda mamlakatning rasmiy ramzi. U orkestr yoki xor ijrosida tantanavor paytlarda: alohida xizmat ko’rsatgan fuqarolarni taqdirlash tantanalarida, yosh askar va ofitserlar tomonidan harbiy qasamyod qilinayotganda, rasmiy delegatsiyalarni qarshi olish chog’ida, sport musobaqalarining taqdirlovlarida, turli qurultoylar ochilishida, davlat arboblarini dafn etish marosimida va hokazolarda yangraydi.