TSEZIY
TSEZIY (lotincha caesius — zangori, havo rang, Caesium), Cs-Mendeleev davriy sistemasining I guruxiga manub kimyoviy element; tartib raqami 55, atom molekulasi 132,9054. Tabiiy Tseziy 1 ta izotop 133Cs dan iborat. Uning 15 dan ortiq sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. Bular ichida eng barqarori l37Cs (T|/2 = Zzy.). Ts. dastlab 1860 yilda R. Bunzen va G. Kirxgof tomonidan Germaniyaning Dyurkteym mineral suvlarini spektral usulda tekshirish natijasida kashf qilingan. Metall Tseziyni dastlab K. Setterberg 1882 yilda suyuqlantirilgan tseziy tsianidni elektrolizlab olgan. Tseziyning spektrida 2 zangori chiziq mavjud. Tseziy Nodir element. Yer po’stining massa jihatidan 7-10~4% ini tashkil etadi. Tseziy pollusit nomli mineral (alyumosilikat) hosil qiladi. Tseziy birikmalari mineral suvlar tarkibida va tirik organizmlarda bo’ladi. Tseziy oz miqdorda bazalt, granit, diabaz kabi tog’jinslari tarkibida uchraydi. Lepidolit (yoki pollusitdan) litiy, kaliy, rubidiy va kaltsiy ajratilganidan keyin Tseziy birikmalari olinadi. Sof Tseziy olish uchun Tseziy galogenidlar kaltsiy bilan qaytariladi. Tseziy sarg’ish-pushti rangli, yengil, juda yumshoq ishqoriy metall. Suyuqlanish temperaturasi 28,5°, qaynash temperaturasi 705°, zichligi 1,90 g/sm3 (20°da). Tseziyning yoruglikka sezgirligi barcha metallarnikidan yuqori. U juda faol metall, havoda o’z-o’zidan alangalanadi, hatto vakuumdan ham o’ziga kislorodni tortib oladi. Tseziy paraffin moyida saklanadi. Tseziy suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib, tseziy gidroksid CsOH hosil qiladi; bunda vodorod ham ajralib chiqadi va portlash yuz beradi. Tseziy galogenlar bilan alanga hosil qilib, shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Tseziyning oltingugurt bilan reaktsiyasi ham shu tarzda boradi. Tseziy kuchli qaytaruvchi. 300° dayoq SiO2 dan kremniyni qaytaradi. Tseziy fotoelementlar ishlab chiqarishda, ba’zi birikmalari tibbiyotda, Csl, CsBe dan tayyorlangan prizmalar infraqizil spektroskopiyada ishlatiladi. Tseziy birikmalaridan katalizda ham foydalaniladi.