Improvizatsiya nima?
Musiqaning paydo bo’lishiga bag’ishlangan talay afsonalar mavjud. Musiqani ham, bilganingizdek, mana, bir necha asrlardan buyon bastalashadi. U barcha qadimgi va hozirgi madaniyat sohiblarida: xitoyliklar, hindlar, misrliklar, fransuzlar, amerikaliklar va ruslarda mavjud. Musiqa o’zining latifligi va go’zalligi bilan hammaga xush yoqadi. Biz uni eshitganimiz zahoti har daf’a quvonamiz. U gimndan tortib simfoniyagacha, — turli shakllarda, xalq kuylaridan tortib operagacha, — har xil turlarda mavjud bo’ladi. Ba’zida musiqani yillar davomida bastalaydilar. Cholg’u asbobi yoniga yaqinlashgan bastakor har bir akkordni oldindan obdon o’ylaydi, ularni yozib boradi, qayta jilo beradi. Ammo shunaqasi ham bo’lishi mumkin: mug’anniy fortepyano yoniga o’tirganida yoki skripka chalayotganida bir dasta akkordlarni oladi, va biz o’sha zahoti ular allaqanday yaxlit va inkishof etilgan bir narsaga tizilganini eshita boshlaymiz, va mug’anniy chala boshlaydi. Shundan so’ng u ko’pincha hatto chalganlarini takrorlab bera olmay holadi. «Men, shunchaki, tayyorgarliksiz chaldim», — deydi u. Lotincha «improvizatsiya» so’zi ham nogohoniy, oldin bashorat qilinmagan degan ma’nolarni anglatadi. Improvizatsiyalash — bu, oldindan tayyorgarliksiz chalish, kuyni yo’l-yo’lakay to’qish va o’sha joyning uzida ijro etish degani. Burnog’i yillarda improvizasiya san’ati juda avj bilan rivojlangan edi. Deyarli har bir mug’anniy tomoshabinlar buyurtmasiga binoan kontsertlarda tayyorgarliksiz chalar edi. Keyin esa improvizatsiya san’ati deyarli tamomila unut bo’layozdi. Tag’in tomoshabinlar ko’z oldida «to’qishga» qodir mug’anniylar paydo bo’layotir. Biroq, buning uddasidan chiqish rosa qiyin, chunki betakror bastakorlik fazilatlariga ega bo’lish kerak.