IZMA

IZMA (Arabcha— kesik) — yostiq jildi, ko’ylak, shim va boshqa kiyim-kechaklarning tugma kadaladigan teshigi. Izma o’rni ochilgach, atrofi qo’lda yoki tikuv mashinasida yo’rmab qo’yiladi. Tikilishiga ko’ra, Izmaning ko’zchali (mag’iz shaklida o’yilib, teshik atrofi ag’darma va tepchik chok bilan yo’rmalanadi), mag’izli (teshik chetiga mag’iz chiqarib, o’ngidan bostirma chok bilan tikib chiqiladi), ichki (kiyimlarning astar tomonidan tikiladi; masalan, tik yoqali kamzul, palto va shimlarning old tomoniga qilinadigan Izmalar), bog’ichli (bog’ich bilan tikiladi; masalan, palto, kamzullarga ich tarafdan tugma sig’adigan bog’ich chatib quyiladi) va boshqa xillari bor. Tugmalar Izma o’rniga ilgak yordamida ham qadalishi mumkin.