ATOM

ATOM
Miloddan uch yuz yil avval Yunonistonda faylasuf olimlar har qanday modda, har qanday buyumni mayda bo’laklarga bo’lish mumkinligi to’g’risida fikr bildirganlar. Toshni kukun qilib maydalash, suvni esa sochib yuborish mumkin (keyin suv bug’ga aylanib ketadi). Suv bug’i shunday kichik zarralardan iboratki, ularni oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Moddalarni qaysi darajagacha parchalash mumkin? Nahotki ular cheksiz parchalanaversa? Balki, hech qanday kuch bilan parchalab bo’lmaydigan qandaydir eng kichik zarralar bordir. Hech kirn o’z ko’zi bilan ko’rmagan bunday mayda zarralarni yunon olimlari atom deb atashni taklif etdilar. Yunoncha «atom» – «bo’linmas» degan ma’noni anglatadi. Olimlar har bir narsaga darrov ishonib qo’ya qolmaydilar, ular hammasini albatta tajribada sinab ko’radilar. Mana, kimyogarlar moddalarni tarkibiy qismlarga ajratishga qo’l urdilar. Masalan, agar bo’r qizdirilsa, u karbonat angidrid va ohakka ajraladi. Karbonat angidridni kislorod va uglerodga, ohakni esa kislorod va kalsiyga ajratish mumkin. Lekin kalsiy, uglerod va kislorodni endi boshqa parchalab bo’lmaydi. Kimyoviy yo’l bilan boshqa parchalab bo ‘lm aydigan bunday «oddiy moddalanming soni o’tgan asr o’rtalarida 70 ga yaqinni tashkil etdi. Shu bilan birga, bu oddiy moddalar muayyan sharoitda yana murakkab moddalarga aylanishi mumkinligi ham ma’lum bo’ldi. Agar atom haqiqatan ham mavjud debfaraz qilinsa, bu masalani osongina hal qilish mumkin, degan qarorga kelishdi olimlar.Har bir oddiy moddaning o’z atomi bor: uglerod atomi kislorod atomidan ham, kalsiyatomidan ham farq qiladi va umuman olganda, dunyoda qancha oddiy moddalar bo’lsa,shuncha turda atomlar ham mavjud. Kimyoviyreaksiyalar sodir bo’layotganida oddiy moddalarning atomlari molekulalarga birlashadi.Molekulalarni ularni tashkil etgan atomlargaparchalash mumkin, lekin atomlarni kimyoviyyo’l bilan aslo parchalab bo’lmaydi. Shu bilan birga, bir atomni ikkinchi atomga aylantirish,bir oddiy moddadan ikkinchi oddiy moddanihosil qilish mumkin emas. Masalan, simobyoki qo’rg’oshindan, bir zamonlar alkimyogarlar orzu qilganidek, oltin olib bo’lmaydi.Barcha kimyoviy hodisalar atom va molekulalar haqidagi tushunchani juda ravshanizohlab berdi. Atom va molekulalarning mavjudligi to’g’risida endi hech qanday shakshubha yo’q edi. Lekin nahotki atomni parchalab bo’lmasa? Moddaning biror bir zarrachasini, hatto u juda mayda bo’lganda ham,nahotki uni juda bo’lmaganda ikki bo’lakkabo’lishning iloji bo’lmasa?Mana shunda fiziklar ishga kirishdilar.XIX asrning oxirida ular atomga nisbatan deyarli ikki ming marta kichik bo’lgan maydazarralar borligini kashf etdilar. Bular elektronlar deb ataldi. Elektronlar atomlar tarkibigakiradi. Demak, atomlarni parchalash mumkinekan-da! Haqiqatan ham, keyinroq fiziklaratomning murakkab tuzilishga ega ekanliginiisbotladilar. Atomning markazida yadro joylashgan bo’lib, elektronlar uning atrofidago’yo Quyosh atrofida sayyoralar aylanganidek aylanadi.Lekin hammadan qizig’i hali oldinda edi.Atomlarning yadrolari ham bo’linadigan bo’libchiqdi. Atom yadrosi proton va neytronlardantashkil topgan bo’lib, ular yadroda nihoyatdakuchli birikkan. Agar yadro parchalansa, judakatta energiya hosil bo’ladi. Olimlar atomyadrosini parchalash yo’lini topdilar. Hozirgikunda insoniyat atom energiyasining qudratlimanbai – atom reaktorlariga, shuningdekdahshatli qurol – atom bombasiga ega bo’ldi.Lekin atom ustidagi ilmiy izlanishlar hali hamto’xtagani yo’q. Kim bilsin, balki u yanadakichikroq zarralarga bo’linar. O’zbekistondabu izlanishlar bilan O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Yadro fizikasi institutiolimlari shug’ullanishadi.