AVESTO

Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo’lgan? Bu savolga yaqin-yaqinlargacha aniq javob berib bo’lmasdi. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning tadqiqoti natijasida, eng mo’tabar, qadimgiqo’lyozma Avesto ekanligi ma’lum bo’ldi. Bunodir kitob uzoq zamonlarda bizning onazaminimizda, aniqrog’i Xorazmda vujudgakelgan. U ayni vaqtda O ‘rta Osiyo,Afg’oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlariningbirinchi yozma yodgorligidir. Avestoda anashu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, diniy tasavvurlari, urf-odatlari,tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlaribayon etilgan. Avesto maxsus yozuvda yozilgan. Bu yozuv Sanskrit deb atalgan yozuvgayaqin. Kitob o’sha zamonlardayoq boshqatillarga tarjima qilingan. Avestoning asl nusxasi muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ruhoniylari qo’lida saqlangan. Kitobda keltirilgan ma’lumotlaming eng qadimgi qismlarimiloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri, 1-mingyillik boshiga oid. Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va boshqalar qo’shilib borgan.Avestodagi ko’p ma’lumotlar asosan og’zakitarzda avloddan-avlodga o’tib kelgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axamoniylar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagiTaxti Jamshidda saqlangan. MakedoniyalikIskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan. Hozir fanda ma’lum bo’lganAvesto milodiy 6-asrda Sosoniylar shohi Husrav I Anushirvon davri (531-579)da yozib olingan. 7-asrda arablar Sosoniylarnimag’lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniylarning bir qismi Hindistonga o’tib ketgan. Ularning avlodlari hozirgi Avestoning asl nusxasini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan Avesto 27 jilddan iborat bo’lib, ular asarning yettidan bir qismi xolos.Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki,unda ilk falsafiy ta’limotlar bilan tanishasiz. Buta’limotga ko’ra, olam ikki qarama-qarshikuch, ya’ni yorug’lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to’xtovsiz kurashidaniborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazdo yer, o’simlik va boshqa hamma tabiiyboyliklami yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdoga qarshi to’xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishgaojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayotdagi turli o’zgarishlar qaysi kuchning g’alabaqilishiga bog’liq. Inson ham tana va ruhning,axloq esa yaxshi va yomon xulqning o’zarokurashidan iborat.Avesto ta’limotiga ko’ra, birinchi inson Govamard (ho’kiz-odam; forscha Qayumars).Undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchishoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunkiunda o’lim bo’lmagan, Axuramazdo doimiybahor yaratgan. Kishilar bekam-u ko’st, baxtiyor yashagan. 900 yil o’tgach shoh Yimag’ururga berilib, man etilgan sigir go’shtiniyeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko’taradi. Olamni muzlikqoplaydi. Yima Axuramazdo amri bilan odamlar va hayvonlami sovuqdan saqlab qolishuchun qo’rg’on qurib, unga har bir jonzotdanbir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilkoltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o’rtasidagi kurash davribo’lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchidavrda Axuramazdo g’alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo’ladi, adolatli jamiyat yuzaga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat,oilaviy turmush bilan mashg’ul bo’lishlari kerak. Avesto va zardushtiylik dini ta’limoti keyingi barcha dinlarga ta’sir ko’rsatdi.Avesto – bizning qadim tarixga egao’lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyatbo’lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi YUNESKO bosh konferensiyasining1999-yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasiqaroridan kelib chiqib, O’zbekistonda 2001-yilning oktabr oyida Avesto yaratilganligining2700 yilligini nishonlash haqida qaror qabulqildi.