ATMOSFERA

ATMOSFERA
Siz bilan biz bir necha yuz kilometr chuqurlikdagi okean tubida yashaymiz. Hayron bo’lmang. Bu okeanning qirg’oqlari yo’q, u butun Yer sharini o’rab turadi. Uning tubi — Yerning butun sirti, vodiylari, tog’lari, cho’llari, dengizlari. Bu zangori okean, ya’ni Yerning havo qobig’ini olimlar atmosfera deb atashadi. U hech qachon tinch turmaydi. Quyosh nuridan qizigan havo yengillashadi va Yer sirtidan yuqoriga ko’tariladi, uning o’rnini esa sovuq havo egallaydi. Havoning Yer sirti ustidagi harakati shamol deb ataladi. Atmosferada doimiy havo oqimlari ham bor. Masalan, passat shamollari har doim bir yo’nalishda – ekvator bo’ylab esadi. Inson uchun atmosferaning pastki qatlami – troposfera ayniqsa muhim. U Yer sirtidan boshlanib, to 8-17 kilometr balandlikkacha davom etadi. Bulutlar, momaqaldiroq, jala, qor shu yerda yuzaga keladi. Ob-havoni kuzatib turadiganolimlar — meteorologlar sutkasiga bir necha marta havo namligini, haroratini, shamolning kuchi vayo’nalishini o’lchab turishadi.Havo okeanining keyingi qatlami – stratosfera 50-55 kilometrbalandgacha yoyilgan. U yerdagihavo ancha siyrak, osmon esato’q binafsha rang. Deyarli qopqora. Stratosferada tovushdan tezuchar samolyotlar uchadi.Stratosfera ustida mezosferajoylashgan. U 80 kilometr balandgacha yetadi. Atmosferaning buqatlamida ba’zan yaltiroq siyrakbulutlar hosil bo’ladi. Olimlar ularni kumushsimon bulutlar debatashadi va ular chang zarralaridan iborat, deb hisoblashadi.Bundan ham yuqorida, taxminan 1000 kilometr balandda termosfera yoki ionosfera qatlamijoylashgan. Undagi havo judasiyrak. U yerda elektr bilanzaryadlangan alohida gazzarrachalari – ionlar juda ko’p. Bubalandlikda qutb yog’dusi hosilbo’ladi.Atmosferaning eng yuqori qatlami — ekzosfera. U yerda havodeyarli yo’q. Harorat taxminan2000 daraja issiq, deb hisoblashadi.Atmosfera bo’lmaganida Yerda ham hayot bo’lmas edi. Shuning uchun atmosferani ifloslantirmaslik judamuhim, biroq butun yer yuzida atmosferagako’plab sanoat chiqindilari: zavod va issiqlik elektr stansiyalari mo’rilaridan chiqadigan tutunlar, avtomobillarning zararli gazlarichiqariladi. Mamlakatimizda havoni ifloslantirmaslik uchun korxonalarda tozalash inshootlari qurilgan, atmosferani muhofazaqilishga katta ahamiyat beriladi.