INOYATNOMA

INOYATNOMA (Arabcha, inoyat — gamxo’rlik va fors, noma — xat, maktub) — 1) podshoh, xon, Amir, shuningdek, boshqa ulug’ mansabdor kishilardan kelgan va unda ma’lum iltifot bayon qilingan maktub; 2) 15-18-asrlarda biror soliq va jarimadan ozod qilinganlik yoki biror imtiyoz olganlikni ko’rsatuvchi rasmiy hujjat; 3) Qo’qon xonligida nufuzli kishilar safarga chiqqanlarida xon to- monidan qatag’on qilingan yer, o’rmon, ko’l va hokazolardan yo’l-yo’lakay foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma; 4) dushmanga qarshi qurolli kurashga chaqirilgan da’vatnoma.