INTERFERENTSIYA

INTERFERENTSIYA – 1) biologiyada — gomologik xromosomalar bir uchastkasidagi krossingoverning boshqa qo’shni uchastkalarda yangi krossingover paydo bo’lishiga ta’siri. Interferentsiya ko’pincha yangi krossingover hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi; 2) tibbiyotda — aralash (bir necha xil virus tufayli kelib chiqqan) infektsiyada bir virusning boshqa virus ta’sirini bosib ketishi.