INTUBATSIYA

INTUBATSIYA (lotincha in — ichga va tuba — naycha) — nafas yo’li to’silib qolganida (masalan, hiqildoqda shish bo’lganida) hiqildoqqa og’izdan maxsus naycha qo’yib nafasni tiklash yoki shu naycha orqali narkoz yuborib og’riqsizlantirish. Intubatsiyaning og’izdan, burundan, traxeyada ochilgan teshikdan, o’pkaning alohida bir tomonidan qilinadigan turlari bor. Uni maxsus vrach anesteziolog laringoskop apparati yordamida bajaradi. Tashhis qo’yish yoki davolash maqsadida ichakni ham Intubatsiya qilish mumkin. U holda zondlar ishlatiladi.