INSHO

INSHO (pedagogikada) — mavzuni o’quvchi mustaqil yoritadigan yozma ish turlaridan biri. Ona tili va adabiyot darslarida ta’limiy hamda nazorat maqsadlarida umumiy ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining barcha bosqichlarida o’tkaziladi. Bajarilish o’rniga ko’ra, sinf va uy Insholariga bo’linadi. Insholarning o’quvchilar guruhi bilan birgalikda yoziladigan va har bir o’quvchi mustaqil bajaradigan turlari ham bor. Insho o’qituvchi tomonidan o’tilgan biror mavzu yoki erkin mavzuda bo’lishi mumkin. Insho o’quvchilar badiiy adabiyotni to’g’ri idrok etishlariga, fikrni ixcham, mantiqiy ifodalashlariga, ularning yozuv savodi o’sishiga yordam beradi.