IN’YEKTSIYA
IN’YEKTSIYA (geologiya) — magmaning turli tog’jinslari, yer bo’shliqlari, darzlari va cho’kindi jinslarning Kotlami oraliqlariga joylashishi. In’yektsiya terminini birinchi bo’lib amerikalik olim R. O. Deli (1914) ishlatgan. Magma slaneslarning oraliqlarini to’ldirib, in’yektsion gneyslar hosil qiladi. In’yektsiya tokembriy jinslariga xos bo’lib, O’zbekistonning magmatik jinslar keng tarqalgan rayonlarida uchraydi.