IN, SHAN
IN, SHAN — miloddan avvalgi 14-11-asrlardagi qadimgi Xitoy davlati. Anyana yaqini (Xenan viloyati) dan arxeologlar so’nggi In davriga oid toshbaqa kosasi va hayvon suyaklariga yozilgan fol ochish yozuvlari, jezdan yasalgan qurollar (qilich, kamon o’qining uchi, bolg’a, pichoq, Nina, bigiz, belkurak) topilgan. Inda dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Davlat boshida xon — van turgan. In xonligi ko’p vaqt juda ko’p kabilalar (Tufan, mafan, Syan, Chjou va boshqalar) bilan urush olib borgan. Miloddan avvalgi 11-asrda Chjou qabilasi Indagi ichki nizolardan foydalanib uni bosib olgan.