ION MIKROSKOP

ION MIKROSKOP — ionlar oqimi yordamida o’rganilayotgan ob’yektning kattalashtirilgan tasvirini olishga mo’ljallangan asbob. Ion mikroskopda ionlar oqimi o’rganilayotgan ob’yekt atomlari (molekulalari)da sochiladi va energiya yo’qotadi. Natijada ob’yektdan chiqayotgan zarralar elektrostatik va magnit linzalar orqali ma’lum energiyaga yoki fotoplyonkalarga fokuslanadi va kattalashtirilgan tasvir hosil qilinadi. Shu tasvirdan o’rganilayotgan ob’yekt tizimi, tarkibi va boshqa xususiyatlari aniqlanadi.