JALLOB

JALLOB (Arabcha) — savdogar, olib sotar. Asosan, chorva mollari, shuningdek, tuya va yilqi bilan savdo qilgan. Ular Turkiston shahar va viloyatlariga borib, chorva mollarini arzonga olib, mol kam hamda qimmat bo’lgan bozorlarda foyda- siga sotib katta boylik orttirganlar. J.lar kanday mol sotishiga qarab «qo’y Jallob», «ot Jallob» kabi nomlar bilan atalgan.