JARQUDUQSOY

JARQUDUQSOY – Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi soy. Zirabuloq tog’laridagi buloqlardan boshlanib, shimoliy-Sharqiy yo’nalishda oqadi. Uzunligi 23 kilometr. Havzasi yog’in kam yog’adigan past tog’larda joylashganidan faqat erta bahorda va jala yoqqanda suv oqadi.