JETIMTOV
JETIMTOV (Yetimtog’) — ichki Tyanshandagi tog’ tizmasi, Terskay olatovining Janubida. Uzunligi 120 kilometr, balandligi 4931 metrgacha. Janub etaklari bo’ylab Norin daryosi oqadi. Yon bag’irlarida o’tloq-cho’l va cho’l o’simliklari o’sadi, qoyali cho’qqilarida doimiy qor, Sharqiy qismida muzliklar bor.