JETISOY

JETISOY, Yettisoy — Qozog’iston Respublikasining Janubiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1969 yildan). Jetisoy tumani markazi. Mirzacho’lning shimolida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 30 ming kishi. Paxta tozalash zavodi, teatr bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. O’rta maxsus o’quv yurtlari mavjud.