JETIG’ARA

JETIG’ARA — Qozog’iston Respublikasi Shimoliy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1939 yildan). Sho’rtandi daryosi sohilida, Qartali — Ostona temir yo’l shoxobchasining oxirgi stansiyasi. Aholisi 50 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Jetig’ara atrofida asbest olinadi. Asbest, go’sht kombinatlari, yog’ zavodi bor. Asbest kon boyitish kombinati mavjud. Jetig’araga 1915 yilda asos solingan.