JILO
JILO — metall (oltin, kumush, mis, bronza, temir) yoki yog’och buyumlar, ipak matolar yuzidagi yaltiroqlik. Buyumlar yuzini jilvir bilan ishqalash, sirtga maxsus moy surkash, mato (adras, atlas) ni kudunglash (kudung— to’qmoqsimon asbob bilan urish) natijasida Jilo hosil qilinadi.