Yonish nima?
Yoqish, yondirishni ilm-fanda «yonish» degan umumiy bir so’z bilan atashadi. Yonishning ko’pgina turlari mavjud, lekin ko’p hollarda ular g’oyat oddiy usulda namoyon bo’ladi. Havodagi kislorod qandaydir boshha biron material bilan o’zaro ta’sirga qirishib, yonishi mumkin. Natijada issiqlik paydo bo’ladi. Agar jarayon tez kechadigan bo’lsa alanga yoki tutash, burqsish hosil bo’ladi. Yoki biz, masalan, portlash paytida xuddi shu xildagi reaktsiya vujudga kelishini ko’rishimiz mumkin. Yog’och yoki qog’oz kislorod bilan reaktsiyaga kirishadigan bo’lsa, unda o’t paydo bo’ladi. Biroq bunday yoqilish avtomobil dvigatelida ham yuz beradi. Benzin atrof-borliqni o’rab turgan kisolorod bilan reaktsiyaga kirishib, yonadi. Avtomobil dvigatelida yonish shu qadar tez ro’y beradiki, biz uni portlash deb atashimiz mumkin. Yoki, aksincha, shunday sekin, sezilar-sezilmas yonishlar bo’ladiki, biz uni yillab sezmasligimiz mumkin. Masalan, metallarning zanglashida biz shunday yonishni kuzatamiz! Yonish asta-sekinlik bilan yuz berganida, agar issiqlik ochiq havoga chiqib ketmasa, temperatura shu qadar baland darajaga ko’tariladiki, natijada yonish yuz beradi. Bu «o’z-o’zidan yonish» deb ataladi. O’z-o’zidan yonish moyli lattalar uyum bo’lib yig’ilib qolgan yopiq binolarda boshlanishi ham mumkin. Moy asta-sekin oksidlanadi, bu esa issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi. Agar bu oksidlanish o’zi uchun chiqib ketadigan yo’l topa olmasa, u qizishadi. Oxir-oqibatda, bu holat shu darajaga yetadiki, lattalar o’z-o’zidan yonishi mumkin. Yonish uchun zarur kislorod tabiatda keng tarqalgan. Atrofimizni o’rab turgan havoda taxminan 21 foiz kislorod bor. Kislorod yonish jarayonini boshlab berishi mumkin. Shu bilan birga, yonish jarayoni boshlanishi uchun kisloroddan tashqari «yonuvchan» xom ashyo ham bo’lishi zarur. Yoqish uchun ishlatiladigan yonuvchan xom ashyolar «yonilg’i» deb ataladi. Yonilg’ilar qattiq, suyuq va gazsimon degan turlarga bo’linadi. Ularni kelib chiqishiga ko’ra tabiiy, kimyoviy va metallga asoslangan deb xillarga ajratish ham mumkin. Uglerod – ko’pgina turdagi yonilg’ilarda eng muhim element hisoblanadi. Tarkibidagi uglerod katta foizni tashkil etgan yonilg’i tekis va alangalanib yonadi. Boshqa ko’mir xillariga qaraganda toshko’mir yoki antrasit tarkibida uglerod ko’p bo’ladi. Shu sababli undan tutun va kul kam chiqadi. Suyuq turdagi eng o’tkir yonilg’ilar neftdan olinadi. Benzin, kerosin va yonuvchan moylar ana shunday yonilg’ilardir.