Elektr nima?

Inson elektrning faoliyatini ancha qadim o’tmishda kashf etgan. Qadimgi yunonlar qahrabo bo’lagiga mato yoki jun ishqalantirilsa, u o’ziga changlarni tortishini payqashgan. Sen buni o’zing ham sinab ko’rishing mumkin. Buning uchun qalamni junli materialdan qilingan ko’ylaging engiga ishqalaysan, keyin uni stol ustidagi maydalangan qog’oz parchalariga yaqin tutsang, qog’ozlar qalamga qarab tortiladi. Lekin bu elektr turg’un (statik) mohiyatli elektrdir, chunki u har xil predmetlarga yig’ilgan holda bo’ladi. Bunday elektrni ma’lum bir masofadagi va yoritish uskunalariga uzatib bo’lmaydi. Italyan fiziologi Luidji Galvani elektrning hattoki hayvonlarning mushaklari qisqarishi ro’y berganida ham hosil bo’lishini tasdiqlaydi. Fizik Alessandra Volta esa, elektrni kimyoviy yo’l bilan ham olish mumkin, buning uchun kislota eritmasiga har xil metallarning plastinkalari taqilsa bas, deydi. Keyinchalik olimlar elektr — ko’z ilg’amas darajada mayda zaryadlangan zarralar — elektronlardan iborat ekanligini aniqladilar. Har bir elektron o’zida uncha katta bo’lmagan energiya zarrasini tashiydi. Biroq elektronlar ko’plab yig’iladi, oqibat-natijada zaryadlar borgan sari kattalashadi va elektr kuchlanishi vujudga keladi. Shu sababli elektr toki simlarga o’tib, ma’lum bir masofalarga yetib bora oladi. Sen lampa chiroqning yoki biron-bir priborning qo’shgich tugmasini (vmklyuchatel) bossang generatordan kelgan tok simlar orqali oqa boshlaydi va priborlar harakatga keladi, lampochkalar esa yonib, nur tarata boshlaydi.