GAZ SEPARATORI

GAZ SEPARATORI — gaz quduqlaridan chiqarib olinayotgan gazlarni namdan hamda uglevodorod kondensatlari, qattiq zarralar va boshqa yot aralashmalardan tozalaydigan apparat. Ma’lumki, nam va aralashmalar gazni tashishni qiyinlashtiradi, quvurlarni chiritadi, gaz yo’lida tiqinlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Gaz separatorining gravitasion, markazdan qochma (tsiklonli), inversion (cho’ktirma) va jalyuzali xillari bor.