GAZGA CHIDAMLILIK
GAZGA CHIDAMLILIK — o’simliklarning havodagi zaharli gazlar kontsentrasiyasiga chidamliligi. Gazga chidamli o’simliklar zararli gazlarni to’qimalarida to’plab, havoni tozalashga yordam beradi. O’t o’simliklardan chalov, raygrase, betaga; daraxt va butalardan qayrag’och, jiyda, normushk kabilar gazga chidamli hisoblanadi. Shaharlarni ko’kalamlashtirishda gazga chidamli turlar hisobga olinishi lozim.
O‘xshash so‘zlar
- Gazga to’yingan
- Gazga chidamlilik
- Gazga bardoshlilik
- GAZIANTEP
- GAZLAFON QATOR TEPALARI
- Gazlama
- Gazlar
- Gazlar kinetik nazariyasi


