GRADATSIYA
GRADATSIYA (lotincha gradatio — asta-sekin yuksalish, gradus — pog’ona, daraja) — J. B. Lamarknit evolyutsion nazariyasi bo’yicha filogenez jarayonida tirik organizmlar tuzilishining pog’onama- pog’ona yuksalishi. Lamark fikricha, Gradatsiya muhit sharoitiga bog’liq bo’lmasdan, balki barcha tirik organizmlar uchun xos bo’lgan mukammallashuvga ichki intilish tufayli amalga oshadi.