GRADUS TO’RI

Ma’nosi

GRADUS TO’RI (yerning gradus to’ri) — geografik xarita va globuslarda meridianlar va parallellarning kesishishidan hosil bo’lgan to’r. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar — uzunliklar va kengliklarni aniqlashga yoki xaritaga koordinatalar bo’yicha ob’yektlarni tushirishga xizmat qiladi. Muayyan meridianning barcha nuqtalari bir uzunlikka, parallelning hamma nuqtalari esa bir xil kenglikka ega bo’ladi.

O‘xshash so‘zlar

G harfi: barcha so‘zlar