JALOLOBOD

JALOLOBOD — Afg’onistonning Janubi-sharqidagi shahar, Nangarhor viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 65 ming kishi chamasida. Kobul — Peshovar (Pokiston) avtomobil yo’lidagi muhim tranzit va savdo taqsimot markazi. Kobul daryosi vodiysidagi yirik voha (shakarqamish, tsitrus mevalar, xurmo, g’alla yetishtiriladi) markazi. Jalolobodda yirik irrigatsiya sistemasi qurilgan. Universitet bor.