JALOLOBOD
JALOLOBOD — Afg’onistonning Janubi-sharqidagi shahar, Nangarhor viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 65 ming kishi chamasida. Kobul — Peshovar (Pokiston) avtomobil yo’lidagi muhim tranzit va savdo taqsimot markazi. Kobul daryosi vodiysidagi yirik voha (shakarqamish, tsitrus mevalar, xurmo, g’alla yetishtiriladi) markazi. Jalolobodda yirik irrigatsiya sistemasi qurilgan. Universitet bor.
O‘xshash so‘zlar
- JALOLOBOD ZILZILASI
- Jalolov To’xtasin
- Jalyuzi
- Jam
- JAMAQDOR
- JAMBUL ZILZILASI
- Jambul, Jabayev Jambul
- Jamiyatning siyosiy tizimi

