PAGO-PAGO

PAGO-PAGO — Sharqiy Samoaning (Amerika Samoasi) ma’muriy markazi, Tutuila orolida. Aholisi 3 ming kishidan ziyod (1999). Tinch okean sohilidagi port. Oziq-ovqat sanoati (baliq konservalash) korxonalari bor. Chetga kopra va baliq konservalari chiqariladi.