Inson qanchalar aqlli bo’lsa, u shunchalar o’z qarashlariga ishonmaydi.
Agar siz biror inson bilan muloqotdan so’ng, o’zingizda salbiy hislarni sezsangiz, demak siz salbiy inson bilan suhbatda bo’lgansiz.
Imzo inson haqida ko’p ma’lumotlarni bayon qilishi mumkin. Masalan, imzoyingiz qanchalar yirik bo’lsa, shuncha o’zingizga ishonasiz.
Davrada birdaniga kulgi ko’tarilganda, har bir inson o’zi yoqtirgan insonga boqadi.
Insonlarga ismlari orqali murojaat qilish orqali, ularda o’zingizga ishonchni yanada orttirasiz.
80 foiz insonlar bo’lajak turmush o’rtoqlarini 16 yoshda uchratadilar.
Ko’pchiligimiz soxta vibratsiya sindromidan aziyat chekamiz. Ba’zan mobil telefonimiz vibratsiya berayotgandek tuyuladi, aslida esa bunday bo’lmaydi.
Insonning oshiq bo’lishi uchun 4 daqiqa yetadi.
Qutbalanish qonuniytiga ko’ra, qarama-qarshi qarshiliklar bir-biriga tortiladi.
Bizni o’zimizga mutlaqo qarama-qarshi xususiyatli insonlar o’ziga tortadi.
Inson qancha aqlli bo’lsa, shuncha kam maslahat beradi.
Yuragimizning oshiqlik hissiga hech qanday aloqasi yo’q. barchasi miyamizda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlardir.
Hayotning haqiqiy mazmunini topish uchun harakat qilish kerak. O’z fikrlaringiz ortidan boring. Ular sizni maqsadlaringiz sari yetaklaydi.
Miyamiz salbiylikka moyil. U yoqimli xotiralardan ko’ra, yoqimsizlarni ko’proq eslab qoladi.
Agar siz muammolarga ko’proq e’tiborni jalb qilsangiz, ular yanada ortadi.
Agar siz imkoniyatlarga e’tibor qaratsangiz, yanada ko’proq imkoniyatlar paydo bo’ladi.
Siz tashqi ko’rishingiz, so’zlash tarzingiz va nimalarni so’zlashingizga qarab notanish insondan 5 soniya ichida ilk o’chmas taassurotni qoldirasiz.
Diqqatni jamlash va xotirjam bo’lishning eng yaxshi usuli, topshiriqni bajarish vaqtida o’z-o’zingiz bilan hayolan suhbatlashingizdir.
Muntazam boshqalarga ko’mak beradigan insonlar o’zlarini baxtliroq his qiladilar va yoshlari o’tgani sari tushkunlikka kamroq tushadilar.
Tez-tez qadam tashlaydigan insonlar, odatda, sekin yuradigan insonlardan ko’ra, o’ziga ishongan va baxtliroq bo’ladilar.
Ayol kishi o’zi chindan g’amxo’rlik qiladigan inson bilan muhokama kirishadi, muhokama qanchalik kam bo’lsa, qiziqishlari shuncha kam bo’ladi.
Quvnoq musiqalar diqqatni jamlashga yordam beruvchi miya to’lqinlarini ularni tinglashdan to’xtatganingizdan so’ng ham faollashtiradi.
Kuchugi bor insonlar, mushugi bor insonlar va umuman uy hayvonlari saqlamaydigan insonlardan ko’ra ko’proq tabassum qilishadi.
Agar o’zingiz qilgan yaxshiligingiz evaziga biror narsa kutsangiz, demak siz unchalik yaxshi inson emassiz.
Bulutlardan tushgan moyin insonlar, odatda muammolarni oson hal qiladilar.
Odatda musiqiy qiziqishlarimizni jihatidan o’zimizga o’xshash insonlar e’tiborimizni tortadi.
Agar siz maqsadlaringizni ichingizda saqlasangiz, ularga erishish ehtimoli ko’proq bo’ladi.
Yolg’on haqiqatga qaraganda, ko’proq aqliy zo’riqishga sabab bo’ladi, chunki biz yolg’on so’zlaganimizda gaplarimiz bir-biriga mos ekanligi haqida o’ylay boshlaymiz. Rostgo’ylik esa har qanday salbiy oqibatlardan holidir.
Yurakni o’rtaydigan filmlar tomosha qilish insonni o’z hayoti va munosabatlari haqida chuqurroq o’ylashga majbur qilar ekan.
Ularga kimdir taqlid qilayotganini sezgan insonlar, odatda, o’zlarini yaxshi tutishga urinadilar.
Yotoqning qaysi tomonimiz bilan turishimiz baxtni his qilishimizga ta’sir ko’rsatar ekan.
2011 yilda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, yotoqning chap tomonida uxlaydigan insonlar o’zlarini o’ng tomonda uxlaydiganlardan ko’ra baxtliroq his qilar ekanlar.
Dorining ta’siriga ishonish hissi haqiqiy da’vo kabi ta’sir ko’rsatar ekan. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar ushbu holat tibbiyotni o’zgartirib yuborishini ko’rsatdi.
Insonlarga baxtli bo’lish uchun faqat bir narsa kerak. Hozirdagi bo’lgan narsalarga diqqatlarini qaratishlari va ularda yo’q bo’lgan narsalarga xavotirga tushmasliklari kerak.
Ko’pincha kimningdir e’tiborini tortishning eng yaxshi usuli, unga e’tibor berishni to’xtatishdir.
Kimdir sizni boringizcha qabul qilmaslikdan xavotirga tushmang. Chunki har doim sizni qaysidir jihatingiz uchun yoqtirib qoladigan inson topiladi.
Ko’p hollarda insonlar tushunish uchun tinglamaydilar. Ular faqat so’zlash uchun o’z navbatlarini kutadilar.
O’ziga bo’lgan ishonchi sust bo’lgan insonlar boshqalarni kamsitishga ham moyil bo’ladilar.
Video o’yinlarni o’ynaydigan insonlar ko’p holatlarda aniq tush ko’radilar.
Aqliy faoliyat ham ozishga sabab bo’ladi.
O’lim insonlarni qo’rqitadigan ikkinchi narsadir. Birinchisi esa omadsizlikka uchrashdan qo’rqishdir. IQ si yuqori ayollar, o’zlariga juft topishlari qiyinroq.
Insonlar o’zlari chindan qiziqadigan narsalar haqida gapirganlarida yanada yoqimtoyroq ko’rinadilar.
Ayollar sir saqlaydigan o’rtacha vaqt 48 soatni tashkil qiladi.
Kimdir baxtdan ko’z yosh to’kkanida ilk ko’z yosh tomchisi o’ng ko’zdan oqadi. Og’riq yoshlari esa chap ko’zdan chiqadi.
95 foiz holatlarda insonlar sizga savol bermoqchiligini aytganlarida siz oxirgi paytda qilgan barcha salbiy ishlaringizni hayolingizdan o’tkazasiz.
Aqlli insonlar ko’pincha o’zlariga yetarlicha baho bermaslikka moyil bo’ladilar.
Salbiy hislarni qog’ozga yozib, axlatga tashlash kayfiyatingizni ko’taruvchi psixologik xiyladir.
O’z kamchiliklaringizni tan olishingiz bilan ularni sizga qarshi hech kim qo’llay olmaydi.
Keraksiz insonlar bilan muloqot qilishni to’xtatishingiz bilan hayotingizda ajoyib o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi va bu tasodif emas.
Insonlarning sevimli mavzulari bu o’zlari. Shuning uchun kimgadir yoqishni istasangiz ularga o’zlari haqida so’zlang.