ABRIS

ABRIS (nemischa abrip — chiziq, xomaki rasm) — 1) reproduktiv litografiyaga — ko’chirilayotgan tasvir qiyofasi; shaffof material — Plyur (yelim qatlamli shaffof qog’oz), kalka yoki jelatin plyonkaga maxsus tush bilan chiziladi; 2) geodeziyada — dala sharoitida qo’lda chizilgan va o’lchamlar ko’rsatilgan xomaki chizma; 3) harbiy ishda yo’lning xomaki rejasi. Abris jang boshlanishiga oz vaqt qolganda yoki havo yomon paytlarda harbiy mutaxassislar tomonidan ko’z bilan chamalab chiziladi. Yo’l qog’ozda to’g’ri chiziq bilan ko’rsatiladi. Yo’lda uchraydigan narsalar (ko’priklar, quruqdan aylanib va suvdan kechib o’tiladigan joylar) nuqta yoki kichik doira bilan ko’rsatiladi. Chiziq bilan ko’rsatishning iloji bo’lmasa, qog’ozning bir chetida qisqa sharh beriladi. Abris, odatda, xarita o’rnida ishlatiladi.